- МXizmat koʻrsatish oraligʻi 20 ming km.
- Egalik qilishning arzonligi
- Gaz-ballon uskunasi bilan jihozlanganligi
NEXT kabinasi qulay va keng. Oliy darajali ergonomika va arzimas narsalarga ham eʼtibor berish — NEXT salonining oʻziga xos xususiyati.
Koʻplab taxmonlar, qutilar va boʻlmalar (priborlar panelida, zina devori ortida va haydovchi oʻrindigʻining ostida) yoʻlda zarur boʻladigan barcha ashyolar qoʻl ostida boʻlishiga imkon beradi. Egasining istagiga koʻra shift konsoli va eshikdagi qoʻshimcha choʻntaklarni oʻrnatish mumkin.
Next da oʻrnatilgan Delphi yuqori samarali iqlim tizimi salonni sovutish va isitish hamda old oynani isitish boʻyicha aʼlo koʻrsatkichlarni taʼminlaydi: 5-7 daqiqadayoq deraza ortidagi qahraton sovuqni unitasiz. Samarali tortuvchi ventilyatsiya va salon filtri kabinadagi havoni tozalaydi. Ikkita alohida unsurdan tarkib topgan zamonaviy radiator sovutish tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va haddan ortiq qizishishga yoʻl qoʻymaydi. * Egasining istagiga binoan Next ni konditsioner va isituvchi moslama bilan jihozlash mumkin. Isituvchi moslama oʻt oldirishdan oldin kabinani isitish jarayonini tezlashtiradi.
Sozlanadigan hamda shikast va jarohat olish jihatidan xavfsiz boʻlgan rul kolonkasi tufayli har qanday gavda tuzilishi va boʻyga ega haydovchilar Next rulida oʻzlarini qulay his etadilar. Gidravlik kuchaytirgichga ega yangi ZF reykali rul mexanizmi boshqaruv aniqligini va avtomobilning notekis qoplamali yoʻllardagi barqarorligini kuchaytiradi. Bu old osma va rul boshqaruvining yagona modulga birlashishi natijasidir. Osmaning yuqori darajadagi energiya intensivligi notekisliklardan qulay oʻtishni taʼminlaydi.
Soft touch effektiga ega plastikdan ishlangan priborlar panelida avtomobil ishlashining asosiy parametrlari aks etuvchi bort kompyuteri oʻrnatilgan. Priborlar panelining pastdan yoritilishi yorugʻligini sozlash mumkin.
Mijozlarning qulayligi uchun avtomobil asos jihozlanishidayoq akustik tizimlarni yoki bosh qurilmani ulash uchun ISO-tirqishlarga ega audiovosita bilan taʼminlangan, shuningdek, 2 ta dinamik oʻrnatilgan. *USB-portli va rul chambaragida boshqaruv tugmalariga ega zamonaviy audiotizim yoʻldagi harakatlanish vaqti soz oʻtishini taʼminlaydi, xaridorga 1 yoki 2 DIN formatli magnitolani tanlash qoladi, xolos.
Nextʼning asos komplektatsiyasiga oynalarni ochish/yopishning optimal tezligiga ega (5–6 soniya) boʻlgan Brose elektr oyna koʻtargichlari kiradi. *Yon koʻzgularni elektrli isitish funksiyasi hatto qahraton sovuqda ham yaxshi koʻra olishni taʼminlaydi. Koʻzgularning elektrli sozlanishi orqani kuzatishni istalgan lahzada toʻgʻrilab olish imkon beradi.
Takomillashtirilgan anatomik qoʻllab-quvvatlashga ega haydovchining qulay oʻrindigʻi — Nextʼning yana bir ustunligidir. Oʻrindiqning optimal qattiqligi va shakli qulay oʻrnashishga imkon beradi. Natijada haydovchi hatto uzoq yoʻlda ham charchamaydi. *Bel suyanchigʻi, yondor va oʻrindiqning isitilishi maksimal darajadagi qulaylikni taʼminlaydi.
* Aksiya tafsilotlarini GAZ dilerlik markazlaridan aniqlashtiring